French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Humoyun qozog‘istonlik raqibini mag‘lub etdi
11:01 / 2023-07-27

Qozog‘istonning Ostona shahrida tennis bo‘yicha o‘tkazilayotgan "Chellenjer" turkumiga kiruvchi turnirda hamyurtimiz Humoyun Sultonov muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda.

Mukofot jamg‘armasi 40 ming AQSH dollardan iborat turnirning ikkinchi davra uchrashuvida hamyurtimiz turnirning to‘rtinchi raketkasi, qozog‘istonlik Dmitriy Popkoni mag‘lub etdi.  

Birinchi set tay-brekda 6/7(4) hisobida Popko foydasiga hal bo‘ldi. Ikkinchi setda Humoyun tajribali raqibiga bironta ham geym bermadi — 6:0. Hal qiluvchi uchinchi setning uchinchi geymidan so‘ng Dmitriy bahsni davom ettira olmasligini bildirdi. Bu, Sultonovni 1/4 finalga yo‘l olishini ta’minladi. 

Musobaqaning keyingi bosqichida hamyurtimiz yarim final chiptasi uchun ATP reytingida 649-pog‘onada borayotgan rossiyalik Yevgeniy Filippovga qarshi kortga chiqadi, deya xabar bermoqda O‘zbekiston tennis federatsiyasi.  

 

T.Ro‘ziyev,

O‘zA