“Humo” raqib darvozasini 10 marotaba ishg‘ol qildi
Xokkey bo‘yicha Qozog‘iston ochiq chempionati doirasida "Humo" hamda "Irtish" jamoalari o‘rtasidagi beshinchi uchrashuv o‘tkazildi.
Toshkentdagi “Humo” ko‘p tarmoqli sport majmuasida bo‘lib o‘tgan ushbu o‘yinda poytaxtimiz klubi raqiblarini 10:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi va muntazam chempionatdagi ochkolar sonini 66 taga yetkazib oldi. “Humo” xokkey klubi "Irtish"ga qarshi o‘tgan 4 o‘yinda 7:1, 6:0, 4:1 va 9:1 hisoblarida g‘alaba qozongan edi.
[gallery-15366]
Endi “Humo” 15 yanvar kuni Ust-Kamenogorskning “Torpedo” jamoasiga qarshi 5-uchrashuvini o‘tkazadi. Ma’lumot uchun, ushbu jamoalar o‘rtasidagi o‘tgan to‘rt o‘yinda hokkeychilarimizning qo‘li baland kelgan.
Javohir Toshxoʻjayev,
Muhammad AMIN (surat),OʻzA