Xokkey bo‘yicha muntazam chempionat doirasida “Torpedo” va “Humo” jamoalarining so‘nggi uchrashuvi o‘tkazildi.
Mazkur o‘yin 3:4 hisobida “Humo” foydasiga hal bo‘ldi. O‘yinning asosiy vaqti hamda overtaymda durang qayd etilgani bois g‘oliblar bullitlar seriyasida aniqlandi. Unda Vadim Kravchenko berilgan imkoniyatdan unumli foydalandi va gol urib jamoasining g‘alabasini ta’minladi.
Shu tariqa, “Humo” to‘rt o‘yinda ham g‘alaba qozonib, ochkolar sonini 58 taga yetkazib oldi va musobaqa jadvalining ikkinchi pog‘onasida qoldi. Jadvalda “Arlan” 59 ochko jamg‘argan holda karvonboshilik qilmoqda. Jamoamizning eng yaqin ta’qibchisi “Nomad” klubi 49 ochko bilan uchinchi o‘rinda bormoqda.
Endi “Humo” xokkey klubi navbatdagi uchrashuvini “Irtish” jamoasiga qarshi o‘tkazdi. Sentyabr oyida poytaxtimizdagi “Humo arena” sport majmuasida o‘tkazilgan ikki o‘yinda “Humo” 7:1, 6:0 hisobida zafar quchgan.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA