English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Humo” muhim g‘alabani qo‘lga kiritdi
09:06 / 2025-03-03

Toshkentdagi "Humo arena" majmuasida xokkey bo‘yicha Qozog‘iston muntazam chempionatining chorak final bosqichi doirasida "Humo" — "Gornyak" klublari o‘zaro beshinchi o‘yinini o‘tkazdi.

O‘yinda “Humo” raqibini 5:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, musobaqaning yarim final bosqichiga yo‘l oldi. Aniqroq aytadigan bo‘lsak, Qozog‘iston muntazam chempionatining chorak finalidagi bahslar 4 ta g‘alabagacha davom etishi belgilangan. Shu tariqa “Humo” o‘zaro o‘tgan 5 ta o‘yinda 4 ta g‘alaba qa bitta mag‘lubiyat evaziga 1/4 finaldan muvaffaqiyatli o‘tdi.

Endi  "Humo" yarim finalda "Saryarqa" va "Almati" klublari o‘rtasidagi g‘olib jamoa bilan o‘ynaydi.

Javohir Toshxo‘jayev,

O‘zA