Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Humo” muhim g‘alabani qo‘lga kiritdi
12:05 / 2024-02-03

Xokkey bo‘yicha Qozog‘iston muntazam chempionati doirasida “Arlan” va “Humo” o‘rtasida so‘nggi, beshinchi o‘yin o‘tkazildi.

Kokshetau shahridagi “Burabay Arena”da o‘tkazilgan mazkur uchrashuvning asosiy vaqti hamda overtaym 2:2 hisobidagi durang bilan yakunlandi. Bullitlar seriyasida esa “Humo” jamoasi g‘alaba qozondi. Shu tariqa, poytaxtimiz klubi safarda musobaqa peshqadamini  2:3 hisobida yengdi.  

Ma’lumot uchun, “Humo” xokkey klubi muntazam chempionatda 75 ochko bilan ikkinchi pog‘onada bormoqda. Endi “Humo” navbatdagi ikki o‘yinini Toshkentda o‘tkazadi. Dastlab, 7 fevral kuni “Humo Arena” majmuasida “Nomad”ga qarshi bahs olib borsa, 9 fevral kuni “Aktobe”ni sinovdan o‘tkazadi.  

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA