“Humo” ikkinchi o‘yinda ham g‘alaba qozondi
Toshkentning “Humo” xokkey klubi Qozog‘iston muntazam chempionatining pley-off bosqichi doirasida “Gornyak” jamoasiga qarshi ikkinchi o‘yinni o‘tkazdi.
"Humo arena" majmuasida o‘tkazilgan ushbu jamoalar bahsida o‘yinning asosiy vaqti 3:3 hisobidagi durang bilan yakunlandi. Overtaymda esa Vyacheslav Litovchenko "Humo" klubiga g‘alabani taqdim etdi. Mazkur natijadan so‘ng poytaxtimiz jamoasining g‘alabalar soni 2 taga yetdi.

Endi “Humo” va “Gornyak” jamoalari o‘rtasidagi 3-4-uchrashuvlar Rudniy shahrida 24-26 fevral kunlari bo‘lib o‘tadi. Shuni ta’kidlab o‘tish joizki, musobaqaning mazkur bosqichida jamoalar 4 ta g‘alabaga qadar bahs olib boradilar.
Eslatib o‘tamiz, mazkur jamoalarning birinchi uchrashuvida “Humo” klubi raqib ustidan 5:3 hisobida zafar quchdi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA