“Humo“ bugun Pekin jamoasi bilan o‘ynaydi
Xokkey bo‘yicha Toshkentning “Humo“ jamoasi Oliy xokkey ligasi doirasida Xitoy klublariga qarshi o‘yinlarni o‘tkazmoqda.
Xokkey bo‘yicha Toshkentning “Humo“ jamoasi Oliy xokkey ligasi doirasida Xitoy klublariga qarshi o‘yinlarni o‘tkazmoqda.
“Humo“ jamoasi Xitoydagi ilk o‘yinini Pekinning “ORDJI“ jamoasiga qarshi o‘tkazib, raqiblarini 3:1 hisobida mag‘lub etgan edi.
Bugun, 25 noyabr kuni “Humo“ klubi Pekinning boshqa bir jamoasi – “KRS-BSU“ga qarshi o‘yin o‘tkazadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan soat 16:30 da boshlanadi.
Eslatib o‘tamiz, “Humo“ shu kungacha OXL doirasida 26 o‘yin o‘tkazgan va 28 ochko to‘plagan holda 19-o‘rindan joy olgan. “KRS-BSU“ esa 27 o‘yindan so‘ng 20 ochko jamg‘arib, jadvalning 31-pog‘onasidan o‘rin egallagan.