Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Humo Arena”da tennis yulduzlari bahs olib bormoqda
20:35 / 2024-02-02

FOTOREPORTAJ

Poytaxtimizdagi ko‘p tarmoqli “Humo Arena” sport majmuasida tennis bo‘yicha “Devis kubogi”ning I Jahon guruhi uchun saralash doirasida O‘zbekiston - Polsha jamoalarining uchrashuvi boshlandi.

Musobaqa oldidan “Devis kubogi” bahslarining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Kunning ilk bahsida Sergey Fomin dunyoning sakkizinchi raketkasi Hubert Hurkach bilan kortga tushdi. Hamyurtimiz qanchalik harakat qilmasin, raqibi zarbalariga dosh berolmadi: Sergey Fomin-Hubert Hurkach 2:6, 1:6.

Navbatdagi uchrashuv Humoyun Sultonov va Maks Kasnikovski o‘rtasida kechdi. Bugungi ikkala uchrashuvda ham raqiblarimiz tajriba bobida ustun ekanliklarini namoyish eta olishdi: Humoyun Sultonov – Maks Kasnikovski 3:6, 1:6.

Umumiy hisob: O‘zbekiston - Polsha   0:2. 

[gallery-15763]

Ertaga juftlik bahslari bo‘lib o‘tadi.

Muhammad AMIN (surat), O‘zA