Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
"Humo Arena«da professional boks oqshomi tashkil etiladi
09:40 / 2022-08-10

Joriy yilning 13 avgust kuni poytaxtimizdagi "Humo Arena" sport majmuasida boks bo‘yicha olimpiya o‘yinlari g‘oliblari, jahon chempionlari, ko‘plab xalqaro turnir g‘oliblari bo‘lgan bir qator bokschilar ishtirokida professional boks oqshomi tashkil etiladi.

O‘zbekiston professional boks federatsiyasidan ma’lum qilishlaricha, mazkur boks kechasining markaziy jangi 2016 yilgi Rio Olimpiadasi oltin medali sohibi Fazliddin G‘oyibnazarov hamda venesuelalik Haviyer Parra o‘rtasida o‘tkaziladi. Jang 10 raund etib belgilangan.

Ajoyib boks musobaqasida shuningdek, jahon chempionlari Shahobiddin Zoirov, Mirazizbek Mirzaxalilov, harbiylar o‘rtasida jahon chempioni Lazizjon Mullajonov ringga ko‘tariladi.

T. Ro‘ziyev, O‘zA