Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Humo Arena” muz saroyi ochilishiga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi
12:23 / 2019-03-15

Toshkentda “Humo Arena” muz saroyi majmuasining tantanali ochilish marosimiga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.


Toshkentda “Humo Arena” muz saroyi majmuasining tantanali ochilish marosimiga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Unda majmua qurilishida qatnashgan “PI ARENA” va “Wind Rose” tashkilotlari mas’ul xodimlari, sport jamoatchiligi, mahalliy va xorijiy OAVlar vakillari ishtirok etdi.

Ta’kidlash kerakki, muz saroyi qurilishi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning tashabbusi bilan amalga oshirildi. 2017 yil 3 fevral kuni Toshkent shahrining Afrosiyob va Beshyog‘och ko‘chalari kesishgan qismida ko‘p tarmoqli muz saroyi qurilishiga ramziy tamal toshi qo‘yilgan edi. 

“Humo Arena” nafaqat professional sportchilar arenasi bo‘lib, shuning barobarida aholining qishki sport o‘yinlariga bo‘lgan qiziqishini orttirishga ham xizmat qiladi.

Ekspertlarning fikricha, poytaxtimizdagi yangi sport majmuasi qishki sport turlarini ommalashtirish hamda xalqaro darajadagi sportchilarni tayyorlash borasida qudratli lokomotiv bo‘ldi.

Tadbirda o‘z o‘yinlari professionallari “Humo Arena”ning imkoniyalarini hozirdanoq yuqori baholab, O‘zbekiston qishki sport turlarini rivojlantirish borasida jahon talablariga darajasidagi inshootga ega bo‘lganini ta’kidladi.

– Bugun shunday nufuzli tadbirda ishtirok etish arafasidamiz, – dedi figurali uchish bo‘yicha uch karra Yevropa va Rossiya chempioni Tatyana Navka. – O‘zbekistonlik yoshlar uchun bunday katta imkoniyatning paydo bo‘lgani juda quvonarli. 

“Humo Arena” (12 500 o‘rinli) bo‘lib, kichik mashq arenasi (200 o‘rinli), mashq zallari, sport muzeyi va boshqa ko‘plab ob’ektlardan iborat majmuadir.

O‘zbekistonda ilk marta bunyod etilgan mazkur nufuzli inshoot qishki sport musobaqalariga tayyorgarlik ko‘rish jarayoni jahon talablari darajasida o‘tkazilishini ta’minlaydi, mamlakatimizda yirik xokkey va boshqa sport musobaqalarini o‘tkazish imkonini beradi.

Eslatib o‘tamiz, mazkur tadbirni yoritish uchun mahalliy va Buyuk Britaniya, Ispaniya, Italiya, Rossiya, Ozarbayjon kabi xorijiy davlatlar OAVlarining 300 ga yaqin vakillari va blogerlar taklif etilgan.