Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Hukumatning yana bir qaroriga o‘zgartirishlar kiritiladi
19:16 / 2023-12-11

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “O‘simlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilishga oid qonunchilik hujjatlariga rioya etilmaganligi uchun huquqiy ta’sir choralari kuchaytirilishi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasining “Biologik resurslardan foydalanishni tartibga solish va tabiatdan foydalanish sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi to‘g‘risida” 2014 yil 20 oktyabrdagi 290-son qaroriga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” qaror qabul qildi.

Unga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan hayvonlarning noqonuniy ovlanishi oqibatida hayvonot dunyosiga yetkazilgan zarar uchun undiriladigan summa miqdori 10 baravarga, o‘simliklarni o‘sishdan to‘xtash darajasigacha shikastlantirish yoki yo‘q qilish bilan ularga yetkazilgan zarar uchun undiriladigan  summa miqdori 5 baravarga oshiriladi.

Vazirlar Mahkamasining “Biologik resurslardan foydalanishni tartibga solish va tabiatdan foydalanish sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi to‘g‘risida” 2014 yil 20 oktyabrdagi 290-son qaroriga quyidagi o‘zgartirishlar kiritiladi:

O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan o‘simliklarga yetkazilgan zararni undirish miqdorini hisoblash uchun koeffitsiyentlarni besh baravarga;

O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan hayvonot dunyosidan foydalanish tartibining buzilishi sababli yetkazilgan zarar hajmini hisoblash uchun to‘lovlar miqdorlarini un baravarga oshirish. 

O‘zA