Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Hukumatning ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritiladi
11:42 / 2025-09-04

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” qaror qabul qildi.

Unga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2015 yil 14 oktyabrdagi 292-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida amalga oshirilgan muvofiqlikni baholash natijalarini O‘zbekiston Respublikasida e’tirof etish tartibi to‘g‘risidagi nizom hamda Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 29 avgustdagi 528-son qarori bilan tasdiqlangan “Sinov vositalarini metrologik attestatsiyadan o‘tkazish qoidalari”ning 12-bandiga: 

mahalliy va xorijiy muvofiqlikni baholash organlari o‘rtasida qo‘shma (ixtiyoriy) bitim imzolash orqali muvofiqlikni tasdiqlovchi hujjatlarni tan olish; 

Xalqaro laboratoriyalarni akkreditatsiya qilish tashkilotiga (ILAC) a’zo bo‘lgan xorijiy davlatlarning akkreditatsiya tashkilotlaridan akkreditatsiyadan o‘tgan muvofiqlikni baholash organlari tomonidan xalqaro standartlarga asoslangan sinov metodlari (uslublari) asosida rasmiylashtirilgan sinov bayonnomalarini bir tomonlama tan olish; 

metrologiya tekshiruvi natijalarini e’tirof etish hamda sinov vositalarini metrologik attestatsiyadan o‘tkazish tartibini soddalashtirishni nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritiladi.

O‘zA