Hukumatning 2022 yil 21 apreldagi 206-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritiladi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Davlat investitsiyalarini boshqarish tizimining takolmillashtirilishi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasining “Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturlarini shakllantirish va davlat investitsiyalarini boshqrish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2022 yil 21 apreldagi 206-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida” qaror qabul qildi.
Unga muvofiq, Vazirlar Mahkamasining “Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturlarini shakllantirish va davlat investitsiyalarini boshqarish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2022 yil 21 apreldagi 206-son qaroriga muvofiq:
Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturini shakllantirish va moliyalashtirish tizimini takomillashtirish;
vegetatsiya davrida qurilish va rekonstruksiya ishlarini amalga oshirish imkoni bo‘lmagan irrigatsiya tizimi ob’ektlarini tanlab olish, ularning loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va qurilish-montaj ishlarini moliyalashtirish tartibini belgilashni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritiladi.
O‘zA