O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Vazirlar Mahkamasining “Eksportbop qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishda biologik himoya usulini qo‘llashni rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022 yil 19 avgustdagi 460-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida” qaror qabul qildi.
Unga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining eksport salohiyatini oshirish hamda qayta ishlash zanjirini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2025 yil 8 apreldagi PQ-136-son qaroriga muvofiq organik qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishda biologik himoya vositalari qo‘llashni jadallashtirish hamda aholi iste’moli uchun xavfsiz va sifatli mahsulotlarni yetkazib berish maqsadida Vazirlar Mahkamasining “Eksportbop qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishda biologik himoya usulini qo‘llashni rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022 yil 19 avgustdagi 460-son qaroriga:
qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishda biologik himoya usulini qo‘llashni rag‘batlantirish;
subsidiya olish uchun talabgorlar tomonidan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksport qilinganini tasdiqlovchi ayrim hujjatlarni (eksport shartnomasi, yuk bojxona deklaratsiyasi, valyuta tushumi va boshqalar) taqdim etishni bekor qilishni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritiladi.
O‘zA