Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Hukumatning 2021 yil 24 noyabrdagi 709-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritiladi
12:56 / 2025-12-25

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Vazirlar Mahkamasining Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish tartibiga doir normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida “2021 yil 24 noyabrdagi 709-son qaroriga qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish tartibini takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida” qaror qabul qildi.

Unga muvofiq, Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish tartibiga doir normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida” 2021 yil 24 noyabrdagi 709-son qaroriga: 

qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkasi ijarachisining o‘zida qoladigan va qayta ijaraga oluvchiga o‘tkaziladigan yer uchastkalarining maydoni O‘zbekiston Respublikasining Yer kodeksi 46'-moddasida belgilangan o‘lchamlardan kam bo‘lmasligi; 

yer uchastkasini qisman qayta ijaraga berishda ularni ijarachi va qayta ijaraga oluvchi o‘rtasida taqsimlash qishloq xo‘jaligi xaritasidagi konturlar yaxlitligi va amaldagi sug‘orish tizimini saqlab qolgan holda alohida turgan konturlarni qayta taqsimlash orqali amalga oshirilishi; 

yer uchastkasini qisman qayta ijaraga berishda taraflar qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkasini bo‘lish va uning yangi chegaralarini belgilash bo‘yicha davlat xizmatlaridan foydalanishini nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritiladi.

O‘zA