English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Hukumatlararo komissiyaning madaniyat boʻyicha ikkinchi yigʻilishi
18:28 / 2020-10-09

Moskva shahridagi VDNX xalqaro koʻrgazmasida Oʻzbekiston uchun ajratilgan maydonda xalq amaliy hunarmandchiligi, oʻzbek sanʼati va madaniyati namunalari namoyish qilinadi.


Iqtisodiy hamkorlik boʻyicha Oʻzbekiston – Rossiya hukumatlararo komissiyasining madaniyat boʻyicha ikkinchi yigʻilishi videokonferensaloqa shaklida boʻlib oʻtdi.

Uchrashuvda Oʻzbekiston Resrublikasi madaniyat vaziri oʻrinbosari Kamola Oqilova, Rossiya Federatsiyasi madaniyat vaziri oʻrinbosari Maksim Ksenzov ikki mamlakat oʻrtasidagi ijtimoiy-gumanitar, madaniy-maʼrifiy aloqalar tobora rivojlanayotganini taʼkidladi.

Rossiya Federatsiyasi madaniyat vaziri oʻrinbosari Rossiyada Oʻzbekiston madaniyati, sanʼati, tarixiga oid hujjatli filmlar, konsert dasturlari, teatr tomoshalarini “KULTURA.RU” telekanali yoritishga doim tayyorligini bildirdi.

Teatrlararo hamkorlik yoʻnalishida Oʻzbekiston Yosh tomoshabinlar teatri 16-21-noyabr kunlari Rossiyaning bir qator shaharlarida “Xoʻja Nasriddinning birinchi muhabbati”, “Olamlar toʻqnashuvi”, “Tomdagi skripkachi” spektakllari bilan gastrol safarida boʻlishi rejalashtirilgan. Buni Yosh tomoshabinlar teatrining direktori Hasan Solihov taʼkidladi.

Oʻz navbatida Ye.Vaxtangov nomidagi Rossiya davlat akademik teatrining direktori Vladimir Malishev “Yevgeniy Onegin” (A.S. Pushkin) va “Vanya togʻa” (A.Chexov) spektakllari bilan Oʻzbekistonga gastrol safariga kelishini aytib oʻtdi.

Madaniyat vaziri oʻrinbosari K.Oqilova 2021-yilda davlatimiz rahbari tashabbusi bilan Oʻzbekistonda “Markaziy Osiyo – madaniyatlar chorrahasi” xalqaro simpoziumi oʻtkazilishi rejalashtirilayotganini taʼkidladi.

Moskva shahridagi VDNX xalqaro koʻrgazmasida Oʻzbekiston uchun ajratilgan maydonda xalq amaliy hunarmandchiligi, oʻzbek sanʼati va madaniyati namunalari namoyish qilinadi.

Rossiya tomoni muzey ishi boʻyicha 2021-yilda boʻladigan xalqaro festivalda ishtirok etish uchun soha vakillarini taklif qildi.

Tomonlar Rossiya va Oʻzbekiston oʻrtasidagi madaniyat sohasidagi hamkorlikni yana-da rivojlantirish boʻyicha kelishib oldilar.