Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Hukumat “Suv xo‘jaligi sohasida ayrim geografik ob’ektlarning nomlarini muvofiqlashtirish hamda yangi nom berish to‘g‘risida” qaror qabul qildi
10:32 / 2025-11-12

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Suv xo‘jaligi sohasida ayrim geografik ob’ektlarning nomlarini muvofiqlashtirish hamda yangi nom berish to‘g‘risida” qaror qabul qildi.

Unga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili to‘g‘risida”gi va “Geografik ob’ektlarning nomlari to‘g‘risida”gi qonunlariga muvofiq hamda Geografik ob’ektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari bo‘yicha respublika komissiyasining xulosasiga ko‘ra mamlakatimizdagi ayrim daryolar, soylar, ko‘llar, buloqlar, sharsharalar, suv omborlari va sel suv omborlarining nomlarini davlat tili qoida va me’yorlariga muvofiqlashtirish maqsadida mamlakatimizdagi 130 ta daryo, soy, ko‘llar, buloqlar, sharsharalar, suv omborlari va sel suv omborlari ro‘yxati tasdiqlandi. 

Endi normativ-huquqiy hujjatlar, xaritalar, ish yuritish hujjatlari va xizmat yozishmalarida ushbu qaror bilan tasdiqlangan nomlardan foydalaniladi. 

Qarorga ko‘ra, ikki oy muddatda: 

daryolar, soylar, ko‘llar, buloqlar, sharsharalar, suv omborlari va sel suv omborlari nomlarining davlat tili qoida va me’yorlariga muvofiqlashtirish hamda yangi nom berishi munosabati bilan tegishli hujjatlar, xaritalar, ma’lumotlar bazalariga o‘zgartirishlar kiritiladi; 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari daryolar, soylar, ko‘llar, buloqlar, sharsharalar, suv omborlari va sel suv omborlarida o‘rnatilgan peshlavhalar hamda axborot ko‘rsatkichlaridagi yozuvlarning davlat tili qoida va me’yorlariga muvofiq lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida yozilishini ta’minlaydi.

 O‘zA