French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Hukumat komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi
11:15 / 2025-07-29

Nukusda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari J. Xodjayev boshchiligidagi Tashqi savdo, investitsiyalar, mahalliy sanoatni rivojlantirish va texnik jihatdan tartibga solish masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda muammoli masalalari mavjud bo‘lgan tadbirkorlik sub’ektlari vakillari birma-bir qabul qilinib, ularning muammolari mas’ul vazirlik va idoralar rahbarlari ishtirokida muhokama qilindi. Natijasiga ko‘ra, 5 nafar tadbirkorning muammosi joyida hal etilishi ta’minlandi. Muayyan vaqt va qo‘shimcha o‘rganish talab etadigan qolgan muammoli masalalarni hal etish yuzasidan muddatlari va mas’ullari aniq ko‘rsatilgan chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqilib, ijroga qaratildi.

Shuningdek, hududda joriy yilda xorijiy investitsiyalar ishtirokida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalari ijrosi, shu jumladan xalqaro moliya institutlari mablag‘lari hisobidan yangidan boshlanadigan loyihalar va ularni ishga tushirish bilan bog‘liq dolzarb masalalar mahalliy hokimliklar hamda tashabbuskor tarmoq rahbarlarining bevosita ishtirokida muhokama qilindi.  Ushbu loyihalarni amalga oshirishda ishlarni yanada jadallashtirish, prognoz ko‘rsatkichlarining belgilangan muddatlarda bajarilishini ta’minlash, loyihalarni amalga oshirishda yuzaga kelayotgan muammoli masalalarni tez fursatlarda ijobiy hal etish borasida mutasaddilarga topshiriqlar berilib, ijrosi alohida nazoratga olindi.  

Hukumat komissiyasi yig‘ilishida berilgan topshiriqlar yig‘ilish bayoni bilan tasdiqlanishi hamda bayon ijrosi ustidan prokuratura organlari tomonidan qat’iy nazorat o‘rnatilishi belgilandi.

Bu boradagi o‘rganishlar davom etmoqda.

Dovud Abibullayev,

O‘zA muxbiri