Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Hukumat issiqxona xo‘jaliklarini rivojlantirishga e’tiborni kuchaytiradi
15:25 / 2026-01-08

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Issiqxona xo‘jaliklarini rivojlantirish va faoliyati samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” qaror qabul qildi.

Unga muvofiq, Issiqxona xo‘jaliklarini rivojlantirish va faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan dasturni ishlab chiqish ishlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha loyiha ofisi xodimlarining cheklangan soni hamda mehnatga haq to‘lash miqdori tasdiqlandi. 

Loyiha ofisi Vazirlar Mahkamasi huzurida alohida yuridik shaxs sifatida tashkil etiladi. Uning rahbari va xodimlari belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi. 

Loyiha ofisi o‘z faoliyatida Vazirlar Mahkamasining Investitsiyalar, eksport, savdo, qishloq va suv xo‘jaligi masalalari kotibiyatiga hisobdor bo‘ladi. 

Qaror bilan quyidagilar Loyiha ofisining asosiy vazifalari etib belgilandi: 

Issiqxona xo‘jaliklarini rivojlantirish va faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan dasturga qo‘yiladigan talablar va texnik shartlarni belgilash hamda Dasturni ishlab chiqishni tashkil etish va muvofiqlashtirish; 

xalqaro tashkilotlar va moliya institutlari, shuningdek, xalqaro baholash tashkilotlari va konsalting kompaniyalarining issiqxona xo‘jaliklarini rivojlantirish va faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha bergan tavsiyalarini umumlashtirish, tahlil qilish hamda maqbul tashabbuslarni amaliyotga joriy etishni ta’minlash; 

issiqxona xo‘jaliklarini rivojlantirish va faoliyati samaradorligini oshirish masalalarini institutsional tahlil qilish va islohotlarning asosiy yo‘nalishlarini belgilash. 

Ma’lumot uchun, oldinroq O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Issiqxona xo‘jaliklari faoliyati samaradorligini oshirish va eksport hajmini ko‘paytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2025 yil 8 oktyabrdagi PF-181-son Farmoniga muvofiq: 

xalqaro konsalting kompaniyalarini jalb qilgan holda Issiqxona xo‘jaliklarini rivojlantirish va faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan dasturni ishlab chiqish va bunda samarali boshqaruv tizimini yo‘lga qo‘yishga mas’ul tashkilot ta’sis etish; 

Issiqxona xo‘jaliklarini rivojlantirish va faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan dasturni ishlab chiqish ishlarini muvofiqlashtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining faoliyatiga raqamlashtirishni keng joriy etish hisobiga boshqaruv shtat birliklari sonini maqbullashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2025 yil 4 oktyabrdagi PF-178-son Farmoni bilan Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimidagi tashkilotlardan qisqartirilgan shtat birliklari hisobidan Vazirlar Mahkamasi huzurida 6 ta shtat birligidan iborat loyiha ofisi tashkil etish belgilangan edi.

O‘zA