Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Hukmron partiya saylovlarda Tokayevni qo‘llaydi
15:23 / 2022-09-07

Qozog‘istonning hukmron “Amanat” (“Ajdodlar vasiyati”) partiyasi amaldagi davlat rahbari Kosim-Jomart Toqayev bo‘lajak prezidentlik saylovlarida ishtirok etishga qaror qilsa, uning nomzodini qo‘llab-quvvatlaydi. Bu haqda partiya raisi, Qozog‘iston parlamenti Majilisi (quyi palatasi) spikeri Yerlan Koshanov ma’lum qildi.

“Prezidentlikka nomzod jamoat birlashmasi yoki siyosiy partiya tomonidan ko‘rsatiladi. “Amanat” Toqayev tarafdori”.

Davlat rahbari joriy yilning kuzida navbatdan tashqari prezidentlik saylovlari hamda 2023 yilning birinchi yarmida parlament va mahalliy idoralarga saylovlar o‘tkazilishini ma’lum qilgan edi.

“Amanat” partiyasi Qozog‘istonning yetakchi siyosiy kuchi bo‘lib, davlat rahbarining siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy tashabbuslarini to‘liq qo‘llab-quvvatlaydi”, deb qo‘shimcha qildi Koshanov.