Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Hujjatsiz oziq-ovqat mahsulotlari to‘xtatib qolindi
12:15 / 2021-06-21

Navoiy va Buxoro viloyatlarini bog‘lab turuvchi G‘ijduvon tumanida joylashgan «Sarmijon» muntazam YPX maskanida viloyat Ichki ishlar boshqarmasi PPX va JTSB Karantin bo‘limi xodimlari tomonidan tezkor profilaktik tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Tadbir go‘sht va sut mahsulotlari, yirik va mayda shoxli chorva mollarning go‘shtlari, parranda va baliq mahsulotlari hamda shunga o‘xshash oziq-ovqat mahsulotlarining tegishli hujjatlarsiz, veterinariya-sanitariya qoidalariga zid ravishda viloyat hududiga olib kirilishi va olib chiqilishi yuzasidan tashkil etilgan.

Tezkor reyd davomida Buxoro – Toshkent yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanib kelayotgan 1974 yilda tug‘ilgan G‘ijduvon tumanida yashovchi fuqaro S.M. boshqaruvidagi avtomashinada hech qanday hujjatlarsiz 252 kilogramm yirik shoxli chorva mol go‘shti olib ketilayotganligi aniqlandi.

Shuningdek, xuddi shu yo‘nalishda borayotgan 1981 yilda tug‘ilgan Xorazm viloyati Yangiariq tumanida yashovchi fuqaro X.Sh. boshqaruvidagi avtomashinada ham hech qanday hujjatlarsiz 800 kilogramm baliq mahsuloti olib ketilayotgan vaqtda to‘xtatildi.

Ushbu oziq-ovqat mahsulotlarining iste’molga yaroqli yoki yaroqsiz ekanligini aniqlash maqsadida yo‘llanma orqali G‘ijduvon tumani Veterinariya laboratoriyasiga yuborildi. Natijada tegishli choralar ko‘rilishi ta’minlandi.

Zarif Komilov, O‘zA