Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Hujjatli qimmatli qog‘ozlarni yo‘q qilish tartibi belgilandi
15:24 / 2025-06-18

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan Hujjatli qimmatli qog‘ozlarni yo‘q qilish bo‘yicha yo‘riqnoma davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Yo‘riqnomada hujjatli qimmatli qog‘ozlarni yo‘q qilish bo‘yicha komissiyani shakllantirish va qimmatli qog‘ozlarni yo‘q qilish tartibiga oid qoidalar belgilandi.

Hujjatli qimmatli qog‘ozlar yo‘q qilinadigan sanaga bir oy oldin emitent qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organini xabardor qiladi. 

Hujjatli qimmatli qog‘ozlar yoqib yuborish yoki jismoniy maydalash yo‘li bilan yo‘q qilinadi.

Hujjatli qimmatli qog‘ozlarni yo‘q qilish emitent tomonidan tuziladigan kamida besh nafar a’zodan iborat komissiya tomonidan amalga oshiriladi.

Hujjatli qimmatli qog‘ozlarni yo‘q qilish to‘g‘risidagi dalolatnoma qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi, Markaziy depozitariy va emitentda saqlash uchun uch nusxada tuziladi. 

N.Abduraimova, O‘zA