French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Hujjatlardan “tushib qolgan” avtomobil ehtiyot qismlari aniqlandi
11:27 / 2022-07-22

Tovar-moddiy boyliklarni yurtimizga turli yashirin yo‘llar bilan olib kirishga va davlat byudjetiga tushishi lozim bo‘lgan bojxona to‘lovlarini to‘lamaslikka bo‘lgan urinishlar bojxona xodimlari tomonidan o‘z vaqtida bartaraf etilmoqda.

Xususan, Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasining Kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi tezkor xodimlari “Sirdaryo” chegara bojxona posti bilan hamkorlikda ushbu post orqali respublika hududiga kirib kelgan “Volvo” rusumli yuk avtotransport vositasida yuk-kuzatuv hujjatlariga asosan 41 turdagi avtomobillar uchun ehtiyot qismlari borligi ko‘rsatilgan bo‘lsa-da, bojxona postidagi “Rapiscan” nomli inspeksion-ko‘rik majmuasi yordamida tekshiruvdan o‘tkazilganda, tovar bilan yuk-kuzatuv hujjatlari o‘rtasida tafovut aniqlanib, o‘rnatilgan tartibda mazkur avtotransport vositasi bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi.

Natijada yuk kuzatuv hujjatlarida ko‘rsatilmagan, dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra qiymati 610 mln. so‘mlik 554 dona avtomobil ehtiyot qismlari borligi aniqlandi.

Hozirda ushbu holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

 

Shuhrat Suyarov, O‘zA