Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Hujjatlardan tushib qolgan 534 million so‘mlik tovarlar fosh bo‘ldi
12:52 / 2021-05-05

Bojxona organlari tomonidan bojxona to‘lovlaridan qochish maqsadida yirik miqdordagi tovar-moddiy boyliklarni yuk kuzatuv hujjatlarida ko‘rsatilmagan holda olib kirishga urinishlarga qarshi ayovsiz kurash olib borilmoqda.

Xususan, Toshkent shahar bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari tomonidan  

“Toshkent-tovar” TIF bojxona posti xodimlari bilan hamkorlikda xorijdan yuk konteynerida keltirilgan xalq iste’moli tovarlari bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi.

Natijada, bojxona yuk deklaratsiyasida va yuk hujjatlarida ko‘rsatilmagan 534,7 million so‘mlik 4 turdagi tovarlar borligi aniqlandi.

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, mazkur tovarlarga  

84,8 million so‘mlik qo‘shimcha bojxona to‘lovlari hisoblandi.  

Hozirda mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

 

Toshkent shahar bojxona boshqarmasi 

Axborot xizmati