English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Hujjatlardagi qing‘irlik fosh bo‘ldi
21:14 / 2021-05-13

Toshkent shahar bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi tomonidan “Toshkent-tovar” va “Chuqursoy texnik-idora” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda tadbirkorlik sub’ektlaridan birining nomiga xorijdan keltirilgan 2 ta yuk konteyneri belgilangan tartibda ko‘zdan kechirildi.

Natijada mazkur konteynerlarda yo‘l-yuk kuzatuv hujjatlarida ko‘rsatilmagan, hasharotlarga qarshi qo‘llaniladigan 68 ming 500 dona fumigator, 162 ming dona tortlar uchun mo‘ljallangan feyrvek hamda 15 ming dona shishiriladigan bolalar koptogi borligi aniqlandi.

Davlat bojxona xizmati axborotiga ko‘ra, mazkur tovarlarning umumiy qiymati 1 milliard 663 million so‘mdan oshmoqda.

Hozirda ushbu holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Gulnoza Boboyeva, O‘zA