Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Hujjatlarda ko‘rsatilmagan 1 milliard so‘mdan ortiq tovarlar fosh bo‘ldi
11:25 / 2022-07-15

Tovar-moddiy boyliklarni noqonuniy olib kirilishiga chek qo‘yish bojxona organlarining asosiy vazifalaridan biridir.

Jumladan, Toshkent shahar bojxona boshqarmasining “Chuqursoy texnik idora” temir yo‘l chegara bojxona posti xodimlari tomonidan xorijdan kirib kelgan yuk konteyner belgilangan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi.  

Natijada, yuk konteynerida yuk hujjatlarida ko‘rsatilmagan 14,4 tonna og‘irlikdagi qiymati 909,7 million so‘mlik 535 130 metr “Plastic zipper”( Zastyojka molniya) hamda 4,2 tonna og‘irlikdagi qiymati 126,1 million so‘mlik “Metal zipper” (Zastyojka molniya) nomli tovarlar borligi aniqlandi. 

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, mazkur tovarlarning umumiy qiymati 1 milliard  35,8 million so‘mni tashkil etmoqda. 

Hozirda holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda. 


Toshkent shahar bojxona boshqarmasi 

 Axborot xizmati