French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
«Hududning 100 nafar ixtirochi ayoli» haftaligi o‘tkazildi
17:20 / 2022-08-06

Toshkent shahrida «Hududning 100 nafar ixtirochi ayoli» haftaligi o‘tkazildi.

Bir hafta davom etgan ushbu tadbir Oila va xotin- qizlar davlat qo‘mitasi, Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi, O‘zbekiston Ixtirochi ayollar markazi, Toshkent shahar hokimligi hamda Toshkent davlat texnika universiteti hamkorligida tashkil etildi.

Haftalikda mamlakatimiz iqtisodiyot tarmoqlariga o‘z texnik loyihalari, ratsionalizatorlik takliflari, innovatsion ishlanmalarini joriy etishni maqsad qilgan ayollar ilmiy ishlanmalarini taqdim etdilar.

Shuningdek, ma’rifiy haftalik olima ayollar, tadqiqotchilar, talaba qizlar, ixtirochi, ratsionalizator, muhandis, konstruktor, dasturchi, shifokor, farmatsevt, mutaxassis, hunarmand, tadbirkor xotin-qizlar o‘z ixtirolari, innovatsion g‘oya, texnologiya va loyihalarini jamoatchilikka tanishtirish imkonini berdi.

Haftalik doirasida «Ixtirochi ayollar-2022» mavzusidagi xotin-qizlar forumi, ko‘rgazma va tanlov o‘tkazildi. Shuningdek, seminarlar, motivatsion psixologik-treninglar hamda davra suhbatlari tashkil etildi.

O‘tkazilgan tadbirlarda O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va Toshkent shahar Oila va xotin-qizlar boshqarmasi xodimlari, O‘zbekiston Ixtirochi ayollar markazi ekspertlari, tanlov ishtirokchilari, turli sohalarda faoliyat yuritayotgan iqtidorli xotin-qizlar hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

N.Usmonova, O‘zA