Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Hududlarning rivojlanish darajasi baholanadi
14:12 / 2020-05-02

“Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni reyting baholash tizimini joriy etish toʻgʻrisida” Prezident qarori qabul qilindi.


“Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni reyting baholash tizimini joriy etish toʻgʻrisida” Prezident qarori qabul qilindi.

Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” telegram kanali xabar berdi.

Qarorga koʻra, statistik koʻrsatkichlar va soʻrovnomalar natijalari asosida hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini reyting baholash tizimi joriy etiladi.

Bunda iqtisodiy taraqqiyotni taʼminlash, yangi ish oʻrinlarini yaratish, ishsizlikni kamaytirish, aholi turmush sifatini yaxshilash kabi jihatlarga alohida eʼtibor qaratiladi.

Reyting baholashni amalga oshirish maqsadida 2020-yil 1-iyunga qadar maxsus axborot tizim ishlab chiqiladi va dastlab 2019-yil uchun ushbu tizim orqali sinov rejimida baholash amalga oshiriladi.

Natijalar asosida reyting koʻrsatkichlarini aniqlash Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri, tumanlar va shaharlar kesimida amalga oshiriladi.

Oʻtgan yil uchun reyting baholash natijalari har yili 1-fevral (tezkor baholash) va 15-iyunga (yakuniy natijalar) qadar Prezident Administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi va davlat hokimiyati vakillik organlariga kiritiladi.

Reyting baholash natijalari har yili Vazirlar Mahkamasi va davlat hokimiyati vakillik organlari yigʻilishlarida tanqidiy muhokama qilinishi shart.

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi reyting baholash natijalarini umumlashtiradi, shuningdek, reyting baholashni amalga oshirishda ishtirok etuvchi tegishli organlar, tashkilotlar va muassasalar faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi.

Qaror bilan Reyting koʻrsatkichlari asosida hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasini baholash tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.