Hududlarni rivojlantirishga Italiya kompaniyalari jalb etiladi
O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov Italiyaning ESG GROUP kompaniyasi hammuassisi Simone Boschetti va kompaniya boshqaruvi raisi maslahatchisi Gaetano Kriski boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi.
Suhbatda ushbu davlat yetakchi kompaniyalarini jalb etgan holda O‘zbekiston hududlari infratuzilmasini rivojlantirish masalasi bilan bog‘liq amaliy jihatlar muhokama qilindi. Shuningdek, ikki mamlakatda o‘zaro universitetlar filiallarini ochish orqali oliy ta’lim sohasidagi aloqalarni mustahkamlash istiqboli ko‘rib chiqildi.


Muzokara yakunida tomonlar kelgusi hamkorlik shakllarini kelishib oldi. Muhokama qilingan loyiha va tashabbuslarni hayotga tatbiq qilish bosqichlari belgilab olindi.