Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Hududlarni rivojlantirish, iqtisodiy tebranishlarni yumshatish vazifalari deputatlarga ham mas’uliyat yuklaydi
15:53 / 2025-04-21

Bugun Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalarining navbatdagi yig‘ilishlari bo‘lib o‘tdi. Ularda bir qator qonun loyihalari qizg‘in muhokama qilindi.

Yig‘ilishlar avvalida davlatimiz rahbarining 15-16 aprel kuni Andijon viloyatiga tashrifi, unda ilgari surilgan taklif va tashabbuslar ahamiyati haqida so‘z bordi. Qayd etilganidek, davlat rahbari Andijon viloyatini iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirish chora-tadbirlari muhokamasi bo‘yicha yig‘ilishda hududni rivojlantirish, kichik va o‘rta tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, investitsiya va eksportni ko‘paytirish, qurilish, ijtimoiy sohalarni ravnaq toptirish masalalariga e’tibor qaratdi. Bu boradagi vazifalar parlament vakillari zimmasiga ham katta mas’uliyat yuklashi, bunda parlament va deputatlik nazoratini amalga oshirish lozimligi ta’kidlandi.  

Shuningdek, fraksiyalar yig‘ilishlarida Prezidentimiz raisligida 18 aprel kuni o‘tkazilgan dunyoda yuz berayotgan iqtisodiy tebranishlarning soha va tarmoqlarga ta’sirini kamaytirish chora-tadbirlari muhokamasi bo‘yicha videoselektor yig‘ilishida bildirilgan tashabbuslar ham muhokama qilindi.  

Ta’kidlanganidek, o‘zgaruvchan munosabatlar, turli tarif va cheklovlar boshqa davlatlarga ham zanjirli ta’sir ko‘rsatib, jahon iqtisodiyotining sekinlashishi va xalqaro savdo kamayishiga olib kelayapti. Bunday sharoitda faqat o‘z kuchimiz va ichki imkoniyatlarimizga tayanib, dadil qadam tashlashimiz kerakligi yana bir karra aytildi. Har bir vazirlik, tarmoq va hudud rahbarlari aniq reja qilib, ishlab chiqarish, eksport bilan shaxsan shug‘ullanishi shartligi aytib o‘tildi.

Mazkur videoselektor yig‘ilishida bildirgan fikr-mulohazalardan kelib chiqib, fraksiyalar oldida turgan vazifalar belgilab olindi.  

M.Komilova, O‘zA