Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Hududlarni qaytarib olish ancha mushkul...
12:33 / 2023-07-28

Rossiya-Ukraina

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish Ukrainadagi inqiroz qachon tugashi haqida aniq fikr ayta olmadi, faqat ziddiyat cho‘zilishidan xavotirda ekanini bildirdi.

“Men kelajakni aytib bera oladigan afsungar emasman. Mojaro cho‘zilishi dunyoga, ayniqsa, rivojlanayotgan mamlakatlarga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi”, dedi u.

Qo‘shma Shtatlar va Italiya Ukrainaga harbiy yoki boshqa turdagi yordamni qancha zarur bo‘lsa, shuncha ta’minlashga tayyor ekanini ma’lum qildi. Bunday kelishuv Prezident Jo Bayden va Bosh vazir Jorja Melonining Vashingtondagi muzokarasi yakuni bo‘yicha qabul qilingan bayonotda aks etgan. Meloni qo‘shimcha qilishicha, Ukraina voqealari Italiyani AQSH bilan yaqinlashtirdi.
“Munosabatimiz yaxshi edi, Ukraina ziddiyati boshlanishi bilan aloqalar yanada mustahkamlandi”, degan u.

Qo‘shma Shtatlar Davlat departamenti bosh inspektori devoni tarqatgan bayonotda “Ukrainadagi korrupsiya AQSH ko‘rsatayotgan ko‘mak samaradorligiga tahdid qiladi, bu holat jiddiy nazorat yo‘lga qo‘yilishini talab qiladi”, deyilgan.

Amerikalik senator Jon Tester ma’lum qilishicha, Oq uy avgust oyida Kongressga Ukrainaga qo‘shimcha yordam ko‘rsatish masalasida murojaat qiladi. Ushbu bayonotni “Politico” jurnalisti keltirgan. Ushbu nashr AQSH hukumati sentyabr oyidan boshlab Ukrainaga “Abrams” tanklarini jo‘nata boshlashini ham o‘z manbalariga tayanib oshkor qildi:

– Avgust oyida bir necha tank Germaniyada to‘liq modernizatsiya qilingach, Kiyevga jo‘natiladi.

Ukraina Qurolli kuchlari “Tavriya” guruhi qo‘mondoni Aleksandr Tarnavskiy “Bi-bi-si” radiokorporatsiyasiga intervyusida e’tirof etishicha, rossiyalik harbiylar malakasi Kiyev jang maydonida muvaffaqiyat qozonishiga yo‘l qo‘ymayapti.

G‘arb mamlakatlari Ukrainani qo‘llab-quvvatlash uchun Janubiy Afrika Respublikasiga bosim o‘tkazishdi. Bu fikrni “Afrika milliy kongressi” hukmron partiyasi bosh kotibi birinchi o‘rinbosari Nomvula Mokonyane bildirdi:
– Ukraina atrofidagi ziddiyat Afrika va Global Janub mamlakatlarida sezildi. JARga ham bosim o‘tkazilib, Ukrainani qo‘llash taklif qilindi. Bu jarayonda G‘arb siyosatining ikkiyuzlamachiligi ko‘rinadi.

Ukraina Rossiyadan talab qilayotgan hududlarni qaytarib ololmaydi. AQSH razvedka hamjamiyati vakilining bu fikrini amerikalik taniqli publitsist Seymur Xersh “Substack” platformasidagi maqolasida keltirgan.

– Aniq gap shuki, urushdagi kuchlar balansi ko‘rinib qoldi, – deydi Xershning razvedka idoralaridagi manbasi. – Kreml istaganini oldi – Qrim va Ukrainaning to‘rt viloyatini qo‘lga kiritdi. Endi Kiyev bu hududlarni qaytarib olishi mumkin emas. Zelenskiyda o‘zini omon saqlab qolishdan boshqa reja yo‘q.

Avstriya hukumati may oyi oxirida Ukraina hududlarini minadan tozalashni moliyalashtirish uchun va’da qilingan ikki million yevroni bermadi. Bu haqda “ORF” radiosiga “Yangi Avstriya – Liberal forum” partiyasi deputati Gelmut Brandshtetter ma’lum qildi.

So‘nggi to‘qqiz kunda Ukrainaning 26 ob’ekti infratuzilmasi yoki portlari bardob bo‘ldi, deya bayonot berdi Bosh vazirning qayta tiklash ishlari bo‘yicha o‘rinbosari Aleksandr Kubrakov. Mamlakatning “Janub” qurolli kuchlari operativ qo‘mondonligi vakili Natalya Gumenyuk “AFP” agentligiga ma’lum qilishicha, bandargohlardan foydalanish rejasi barbod bo‘lmoqda, mavjudlarini yaqin oylarda yo‘qotishimiz ehtimoli yuqori.

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy, mansabdor shaxslar xorijga chiqib ketishi mojarosidan keyin, bundan buyon deputatlar va amaldorlarning chet elga chiqish rejasi soniyalarga qadar tekshirilishi lozim, dedi.

“Kim davlatga xizmat qilishdan dam olmoqchi bo‘lsa, davlat ham bunday shaxslardan dam oladi”, dedi yetakchi ijtimoiy tarmoq orqali tarqatgan videomurojaatida.

 

Abror XON,

O‘zA