Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Hududlarni minalardan tozalash ishlari boshlandi...
10:13 / 2023-02-24

Rossiya – Ukraina

Qo‘shma Shtatlar Ukrainaga qurol-aslaha yetkazib berishni to‘xtatmoqchi emas. Bu haqda AQSH Davlat departamenti Bosh kotibining siyosiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Viktoriya Nuland bayonot berdi.

“Kiyev o‘zini himoya qilishi, hududiy yaxlitligi va suverenitetini tiklashi uchun biz uni qo‘llab-quvvatlashda davom etamiz”.

AQSH Prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha yordamchisi Jeyk Sallivan Vashingtonning Kiyev hokimiyatiga ikki milliard dollar hajmida harbiy yordam ajratganini ma’lum qildi. Bu haqda u “CNN” telekanaliga intervyuda aytib o‘tdi.

Sallivanga ko‘ra, AQSH va Ukraina Prezidentlari Kiyevga qiruvchi “F-16” samolyotlarni uzoq muddatli kelajakda yetkazib berish masalasini muhokama qilganlar. Xitoy Ukrainaga gumanitar inqirozni hal etish va uning hajmi ortishining oldini olish uchun xalqaro hamjamiyatga murojaat qildi.

“Gumanitar inqirozni kamaytirishga qaratilgan barcha choralarni qo‘llash lozim, uni siyosiylashtirishdan qochish kerak”, deyiladi XXR TIV bayonotida. Shuningdek, hujjatda xalqaro hamjamiyat Ukrainadagi ziddiyat hududini rekonstruksiya qilishda faol qatnashishi kerak

“Bu ishda Xitoy yordam berishga va konstruktiv rol o‘ynashga tayyor”. Ispaniya hukumati raisi Ispanii Pedro Sanches Kiyevga kelib, Prezident Zelenskiy bilan uchrashgan. Bu haqda Qirollik matbuot xizmati xabar berdi.

“Wirtualna Polska” portalining xabar berishicha, polshalik politsiya mina qidiruvchi guruh besh oy davomida Ukrainada maxfiy ravishda ish olib borgan.

“Ukraina hududlarini minadan tozalash ishlarini tugatib, 98 mutaxassis mamlakatga qaytib keldi”, deyiladi xabarda. “Ukraina bu maqsadda YeI “ATLAS” guruhiga murojaat qilgan edi. Ijobiy javob faqat Polshadan kelgandi. Boshqa davlatlar ziddiyat hududiga o‘z mutaxassislarini yuborishni o‘ta xavfli, deb bilganlar”, deyiladi portal xabarida.

“O‘tgan yilning fevral oyidan beri yuz mingga yaqin ukrainalik qochoqlar Fransiyaga kelgan, ularga ketgan umumiy xarajatlar hajmi 500 million yevroni tashkil qiladi”, dedi mamlakat Ichki ishlar vaziri Jerald Darmanen “Agence France-Presse” agentligiga bergan intervyuda.

Vashington yaqin oylarda Ukrainaga qo‘shimcha iqtisodiy yordam tariqasida 10 milliard dollarga yaqin mablag‘ jo‘natadi, dedi AQSH Moliya vaziri Janet Yellen.

Shvetsiya hukumati yaqin vaqtda Ukrainaga yangi harbiy paketni taqdim etadi, deb bayonot berdi Mudofaa vaziri Pol Yonson “TT” agentligiga. “Unining ichida “Stridsfordon 90” rusumdagi 50 ta jangovor piyodalar mashinasi, “Archer” o‘ziyurar artilleriya uskunasi bor”.

Misr Prezidenti Abdel Fattoh As-Sisi Zelenskiy bilan telefon orqali muloqot chog‘ida Ukraina inqirozini tinch yo‘llar bilan hal etish uchun Qohira barcha sa’y-harakatlarni ishga solishini tasdiqladi.

Avstriya Milliy kengashi (quyi palata) raisi Volfgang Sobotka “diplomatiya Ukrainadagi mojaroni hal etishda muhim rol o‘ynashi zarurligini” ta’kidladi. Yaponiyadagi elchi Sergey Korsunskiyning bayonotiga ko‘ra, Zelenskiyning “G7” sammitida ishtirok etishi Ukrainaning manfaatiga to‘g‘ri keladi.

 

Abror XON,

O‘zA