Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Hududlarga qancha mashaqqatlar bilan olib kelingan uskunalar to‘liq ishlatilmayapti, ayrimlarining qadog‘i hali ochilmagan – Prezident
14:30 / 2025-11-10

Yaqinda Respublika onkologiya markazi rahbari ishdan olinib, o‘rniga Turkiyadan malakali boshqaruvchi qo‘yildi. Bu markazga Fransiyaning dunyo tan olgan “Gustav Russi” klinikasi ham jalb qilindi. Ularning klinik protokollarini tatbiq etish boshlanadi.

–Barcha markaz rahbarlari eshitib olsin: markazlar shaxsiy mulk emas, ularning barchasi davlatniki, xalqniki!

Har bir markaz rahbari xulosa chiqarib, o‘ziga bir yillik katta reja olishi kerak. Ular uch oyda xorijdan hamkor topib, o‘zi o‘zgarish qiladi yoki bu ishni ularsiz qilamiz, – dedi Prezidentimiz.

Viloyat, tuman tibbiyot rahbarlari, oilaviy poliklinika mudirlari ham haligacha eskicha yondashuv, eskicha uslubda ishlayotgani ko‘rsatib o‘tildi.

Hududlarga qancha mashaqqatlar bilan olib kelingan uskunalar to‘liq ishlatilmayapti, ayrimlarining qadog‘i hali ochilmagan.

Misol uchun, Gurlan tumani shifoxonasiga 300 ming dollarga olib berilgan MSKT apparati quvvatiga nisbatan atigi 9 foizga xizmat ko‘rsatyapti. Yoki Navoiy viloyat shoshilinch markazidagi qariyb 1 million dollar turadigan angiograf 4 foiz yuklama bilan ishlamoqda.

Ularning mas’ullari xususiy klinikalarga borib, tadbirkorlar bunday apparatlarni qanday samarali ishlatayotganini ko‘rishi, o‘rganishi kerakligi qayd etildi.

O‘zA