English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Hududlardagi muammolar o‘rganildi
16:53 / 2022-12-01

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlarining hududlardagi ijtimoiy-iqtisodiy soha ob’ektlari, mahallalardagi o‘rganishlari samarali o‘tmoqda. Xalq vakillari aholi xonadonlariga ham tashrif buyurib, xalq bilan yuzma-yuz muloqot qilishmoqda, tadbirkorlik sub’ektlari vakillari bilan suhbatlashyapti.

Xususan, deputat Odinaxon Otaxonovaning Asaka tumanidagi o‘rganishlari, saylovchilar bilan o‘tkazgan muloqotlari ham samarali bo‘ldi. Dastlab xalq vakili tuman tibbiyot birlashmasida bo‘lib, muassasa tasarrufidagi markaziy shifoxonada faoliyat olib borayotgan shifokorlar bilan yuzma-yuz muloqot qildi. Shuningdek, uchrashuvlarda mamlakatimizda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, yangi qabul qilinayotgan qonunlar, farmon va qarorlar, Konstitutsiyaviy qonun loyihasida nazarda tutilgan yangi normalar haqida ma’lumotlar berildi. Yangi tahrirdagi Mehnat kodeksining mazmun-mohiyati tushuntirildi.  

Deputat O.Otaxonova shuningdek, tuman hokimi o‘rinbosari, yoshlar yetakchisi va boshqa mutasaddilar bilan birga “Ulug‘bek” MFYda yashovchi birinchi guruh nogironi Hafizaxon Mirzajonova hamda “Ergashobod” MFYda yashovchi Obidjon Madaminovlar xonadonida bo‘lib, ular holidan xabar oldi.  

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Farhodbek Ashmatov Shahrixon tumanidagi “Oq oltin” mahallasida o‘tkazgan sayyor qabulida ko‘p yillar davomida yechimini kutib turgan masalalar bartaraf etildi. Uchrashuvda fuqarolar asosan kommunal xizmatlar – gaz, elektr, ichimlik suvi ta’minoti masalalarida murojaat qildi. Fuqarolarning aytishicha, uch yil muqaddam mahalla aholisini ichimlik suvi bilan ta’minlash masalasi 2022 yilgi dasturga kiritilgan. Ammo yil yakunlanyapti hamki, hech bir ish qilinmagan.    

Shuningdek, ushbu mahalla yoshlari yetti kilometr uzoqlikdagi 25-sonli maktabga qatnaydi. Transport masalasini hal qilish esa hamon ortga surilyapti. Bundan tashqari, mahalla idorasi binosi ham ta’mirtalab holda.    

Deputat aholi murojaatlarining barchasini tinglab, mahalliy Kengash deputatlari hamrohligida mas’ul mutassaddi tashkilot rahbarlari bilan aniqlangan muammo va kamchiliklarni bartaraf etishga kelishib oldi.    

 

Muhtarama Komilova,  

O‘zA