Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Hududlardagi havo ifloslanishi bo‘yicha tezkor chora-tadbirlar ko‘rilmoqda
00:55 / 2025-12-03

Ayni paytda Toshkent va mamlakatning bir qator hududlarida kuzatilayotgan havo ifloslanishiga qarshi kurashish bo‘yicha barcha mas’ul tuzilmalar safarbar etilgan.

Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyevaning maʼlum qilishicha, tuzilgan Maxsus komissiya tomonidan bir qator reydlar oʻtkazilib, ekologik qonunbuzarlikka yoʻl qoʻygan shaxs va tashkilotlarga nisbatan qatʼiy choralar koʻrilmoqda.

Yigʻilishda komissiya ishining dastlabki natijalari muhokama qilinib, hokimliklar va idoralar rahbarlari hisobot berdi. Administratsiyarahbari qabul qilinayotgan qarorlar kelgusida bunday holatlarning oldini olishga xizmat qilishi kerakligini taʼkidladi.

“Millat salomatligi ikkinchi darajali masala boʻlishi mumkin emas — toza havo, suv va sogʻlom ekologik muhit uchun kurash oldimizda turgan eng asosiy vazifalardan biridir”, deydi S.Mirziyoyeva.

OʻzA