Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Hududlarda yo‘l harakati xavfsizligi takomillashadi
20:30 / 2025-08-06

Hududlarda yo‘l harakati xavfsizligiga oid ishlar samaradorligini oshirish maqsadida Toshkent viloyati IIBB boshlig‘i, polkovnik Abduvosit Abdurazakov rahbarligida tahliliy taqdimot yig‘ilishi o‘tkazildi.

Asosiy e’tibor Prezidentimiz rahbarligida joriy yil 9 iyul kuni o‘tkazilgan yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida belgilangan vazifalar ijrosiga qaratildi. Xususan, tirbandliklarni kamaytirish hamda fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilish borasidagi sa’y-harakatlar muhokama qilindi.

Taqdimot davomida viloyat hududida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisalari tahlil qilinib, ularning asosiy sabablari, sodir bo‘lgan joylar geografiyasi, ishtirokchi toifalari va jabrlanuvchilar haqida ma’lumotlar keltirildi. Jumladan, piyodalar bilan bog‘liq hodisalarning oldini olish maqsadida qo‘shimcha chora-tadbirlar belgilandi.

Ayniqsa, yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlar qatorida xavfli deb topilgan yo‘l kesishmalarida svetoforlar va yo‘l belgilari yangilangani, piyodalar o‘tish joylari aniq belgilab chiqilgani, qo‘shimcha yoritish vositalari o‘rnatilgani ta’kidlandi.

Shuningdek, sun’iy intellekt asosida boshqariladigan “aqlli” svetoforlar, videokuzatuv kameralari joriy etilishi orqali harakat oqimini tartibga solish ishlari amalga oshirilmoqda. Mazkur tajriba sinov tariqasida Nurafshon shahri markazidagi avtomobil yo‘lida qo‘llanildi.

Ushbu tizim kechki va tungi paytlarda piyodalar yo‘lga chiqqan zahoti avtomatik tarzda haydovchilarga “Diqqat piyoda” yozuvi orqali ogohlantirish beradi. Maxsus proyektorlar yordamida yo‘l ustida belgilarning asini ko‘rsatadi. Shu bilan birga piyodalar o‘tish joyi yanada ko‘rinadigan bo‘ladi. Bu esa haydovchilarning hushyorligini oshirib, piyodalarning harakatiga qulaylik yaratadi. Bu tizim muvaffaqiyatli bo‘lsa kelgusida boshqa tuman-shaharlar va viloyatlarda ham joriy qilinishi kutilyapti.

Shu bilan birga, Maktab va bog‘chalarda esa bolalar o‘rtasida yo‘l harakati qoidalariga rioya qilish bo‘yicha maqsadli targ‘ibot ishlari tashkil etilmoqda.

Yig‘ilishda kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilgan vazifalar ham muhokama etildi. Jumladan, transport oqimini tahlil qilish, yo‘l tarmoqlarini raqamli boshqaruv tizimlariga ulash, jamoat transporti harakatini optimallashtirish va tirbandliklarni kamaytirishga qaratilgan loyihalar taqdim etildi.

Ta’kidlanganidek, fuqarolarning hayoti va salomatligini asrash, jamoat xavfsizligini ta’minlashda yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi. Shu bois bu yo‘nalishdagi ishlar tizimli va izchil tarzda davom ettiriladi.

A.Musayev,O‘zA