Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Hududlarda xotin-qizlar faollari tomonidan 414 ming 184 ta muammo aniqlangan
15:14 / 2023-07-25

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi axborot xizmati rahbari Saodat Boymirzayeva ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi.

Qayd etilishicha, ehtiyojmand oilalardagi ilmga intilgan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida xotin-qizlar.uz platformasi orqali 2022 yilda test sinovlari natijasiga ko‘ra, eng yuqori ball to‘plagan 1 ming 982 nafar xotin-qiz oliy ta’lim muassasalariga davlat granti asosida talabalikka qabul qilindi. Joriy yil uchun tuman (shahar) oila va xotin-qizlar bo‘limlari qoshidagi komissiyalar tomonidan 50 ming 668 nafar talabgorning hujjatlari qabul qilindi. Mezon talablari asosida 38 ming 702 nafar talabgorga tavsiyanoma berildi.  

Mutaxassisligi bo‘yicha kamida besh yil mehnat stajiga ega bo‘lgan, lekin oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan 507 nafar xotin-qiz 2022 yilda oliy ta’lim muassasalariga kontrakt to‘lovi asosida talabalikka qabul qilindi. 2023 yilda tuman (shahar) komissiyalari tomonidan 12 ming 563 nafar talabgorning hujjatlari qabul qilindi. Mezon talablari asosida 11 ming 993 nafar talabgorga tavsiyanoma berildi.  

[gallery-12890]

14 ming 100 nafar magistraturada o‘qiyotgan talaba qizlarning 153,4 milliard so‘m kontrakt to‘lovlari to‘lab berildi. OTMlarda o‘qiyotgan 133  ming 973 nafar talaba xotin-qizlarga 7 yil muddatga  1 243,9 milliard  so‘m miqdorida foizsiz ta’lim krediti berildi.  

Xotin-qizlar faollari tomonidan yil boshidan 414 ming 184 ta muammo aniqlanib, shundan 399 ming 942 ta muammo bartaraf etildi. 2023 yil boshidan shu kunga qadar 235 mingdan ziyod xotin-qizning bandligi ta’minlandi. Shundan 106 ming 123 nafari doimiy ishga joylashtirildi, 43 ming 124 nafari jamoat ishiga jalb etildi. 133 ming 84 nafari kasb-hunarga va tadbirkorlikka, shundan 60 ming 390 nafari Xotin-qizlar tadbirkorlik markazlarida o‘qitildi. 21 ming 810 nafar xotin-qizga 90,6 milliard so‘m, shundan “Ayollar daftari”da turgan 16 ming 298 nafar og‘ir ijtimoiy vaziyatdagi xotin-qizlarga 70, 244 milliard  so‘m subsidiya ajratildi.  

Respublikada faoliyat olib borayotgan 4 ming 218 nafar kasanachi xotin-qizlar to‘g‘risida ma’lumotlar bazasi shakllantirildi. Ular tomonidan 20 ming 218 nafar doimiy, 19 min 813 nafar xonadonlarga ish berish orqali jami 40 ming 91 nafar xotin-qizning bandligi ta’minlangan.  

 

Muhayyo Toshqorayeva,  

O‘zA