Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Hududlarda “Surxondaryo tajribasi” asosida “Ma’naviyat sektori” faoliyati yo‘lga qo‘yiladi
12:51 / 2024-04-19

FOTOREPORTAJ

Davlatimiz rahbarining 2023-yil 16-17-noyabr kuni Surxondaryo viloyatiga tashrifi chog‘ida viloyatni iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirish dasturida ma’naviy-ma’rifiy soha alohida qayd etilib, joriy yilning birinchi choragida mavjud 4 ta sektorga ko‘makchi beshinchi – “Ma’naviyat sektori”ni tashkil etish tashabbusi ilgari surilgan edi.

Kuni kecha Termiz shahrida “Ma’naviyat sektori” faoliyatini “Surxondaryo tajribasi” asosida namunali yo‘lga qo‘yish bo‘yicha respublika seminari o‘tkazildi.  

[gallery-17003]

Seminar doirasida respublikadan tashrif buyurgan mehmonlar Termiz shahridagi 26-umumta’lim maktabi va 31-maktabgacha ta’lim tashkilotida “Ma’naviyat sektori” faoliyati bilan tanishdi.  

Tadbir davomida viloyat hokimligi tashabbusi bilan vohadagi maktablarga jami 100 ming dona kitoblar jamlanmasi ajratildi. Yosh avlodni kitobxonlikka keng jalb etish, maktablarni kerakli adabiyotlar bilan ta’minlash maqsadida ajratilgan kitoblar bugun hududlarga yo‘l oldi. Har bir maktabga berilayotgan jamlanmalardan ilmiy va badiiy kitoblar o‘rin olgan.  

Shu bilan birga, seminar ishtirokchilari Termiz davlat universitetida “Ma’naviyat sektori” faoliyati hamda yangi tashkil etilgan “Ma’rifat bog‘i” bilan tanishdi. Seminarning rasmiy ochilish marosimi esa Termiz davlat universiteti Axborot texnologiyalari fakultetida o‘tkazildi.  

Termiz shahridagi O‘zbekiston mahallasi hamda Yosh chegarachilar harbiy-akademik litseyidagi “Ma’naviyat sektori” faoliyati ko‘pchilikda katta taassurot qoldirdi.  

 

 

Jonibek QO‘ZIMURODOV(surat),O‘zA