Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Hududlarda obodonlashtirish ishlari o‘tkazilmoqda
12:51 / 2024-03-14

FOTOREPORTAJ

Namangan viloyatining barcha hududlarida yurt obodligi va farovonligi yo‘lida obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Hashar tarzidagi ushbu tadbirlarni Muborak Ramazon oyi hamda Navro‘zi olam arafasida o‘tkazilishida chuqur ramziy ma’no bor. Zero, bayramlar, yaxshi kunlar arafasida hovlilar, uy-joylarni tartibga keltirish, mahallalar, ko‘cha-kuylarni obod etish, atrof-muhit ozodaligi va saranjomligini ta’minlash xalqimizga xos bo‘lgan ibratli an’analardan.

[gallery-16395]

Yangi Namangan tumanida mavjud barcha mahalla va mehnat jamoalarida ham obodonlashtirish ishlari faollikda olib borilmoqda. Ko‘cha-yu xiyobonlar, ko‘p qavatli uylar, muqaddas qadamjolar atrofi tartibga keltirilmoqda. Dehqon va buyum bozorlari hududlari tozalanib, sanitar holatlarni yaxshilashga jiddiy e’tibor qaratilayotir.

Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA