Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Hududlarda mavsumga tayyorgarlik boshlangan
11:57 / 2025-08-26

Toshkent viloyatining Angren shahar gaz ta’minoti bo‘limi tomonidan shahar aholisini tabiiy gaz bilan barqaror ta’minlash, ijtimoiy soha ob’ektlarini uzluksiz ishlatish va chekka hududlarda istiqomat qiluvchilarni suyultirilgan gaz bilan ta’minlash masalasiga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Hozirgacha 186 kilometr gaz quvurlari kapital va joriy ta’mirdan chiqarildi, 48 ta gaz taqsimlash punkti va shkafli gaz regulyatorlari profilaktikadan o‘tkazildi. Shuningdek, aholi xonadonlaridagi gaz hisoblagichlar va uskunalarning texnik holati tekshirilib, xavfsizlik talablariga javob berishi ta’minlanmoqda. 

Shaharning markaziy qismidan tashqari, tog‘li va chekka hududlarda istiqomat qiluvchi aholini gaz bilan ta’minlash masalasi ham doimiy e’tiborda. Joriy yil davomida ushbu hududlarga 190 tonna suyultirilgan gaz yetkazib berildi. Maxsus avtotransport vositalari yordamida gaz ballonlari muntazam olib kelinib, aholiga o‘z vaqtida taqdim etilmoqda. 

Mas’ullarning ma’lum qilishicha, qishning ayozli davrida aholini gaz bilan ta’minlashda uzilishlar yuz bermasligi uchun qo‘shimcha 4 ta maxsus avtotransport va 1 ta zaxira omborxona tayyor holatga keltirilgan. Angren shahar gaz ta’minoti bo‘limi rahbariyatining ta’kidlashicha, barcha chora-tadbirlar aholi uchun qulay sharoit yaratish qish mavsumini barqaror o‘tkazishga qaratilgan. 

A.Musayev, O‘zA.