Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Hududlarda mavsumga tayyorgarlik avjida
09:06 / 2025-10-04

Ayni kunlarda Buxoroning barcha hududlarida, jumladan, Shofirkon tumanida ham kuz-qishga tayyorgarlik ishlari davom etmoqda.

Tumandagi gaz quvurlarining 4 kilometri rekonstruksiya qilindi, 40 kilometrida esa bosim ostida zichlikka sinash ishlari bajarildi. 37 kilometr yer osti gaz quvurlarining holati tekshirildi, 50 kilometriga yaqini bo‘yoqlandi. 4 ta gaz maromlash qurilmalari mukammal ta’mirlandi. 

– Tumanning “Mingchinor” mahallasida raqamlashtirish tizimi joriy etildi. Ya’ni “Parkent tajribasi” – avtomatlashtirilgan mahalla iste’mol nazorat-hisob balansi tizimi asosida amaliy jarayonlar bajarildi. Hududda istiqomat qiluvchi 300 taga yaqin aholi iste’molchilariga yetkazib berilayotgan tabiiy gazning hisob-kitobi avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimida olib boriladigan bo‘ldi. Tabiiy gaz ta’minoti uch bosqichli tizimdan ikki bosqichli tizimga o‘tkazildi, – deydi “Hududgaz Buxoro” gaz ta’minoti filiali bo‘lim boshlig‘i Akmal Nasretdinov.

Bugun viloyatning barcha hududlarida bu kabi maqsadli ishlar olib borilar ekan, har bir ob’ektdagi gaz quvurlari, gaz maromlash qurilmalari tartibga keltirilib, aholiga o‘z vaqtida tabiiy gazni yetkazib berish maqsad qilib qo‘yilgan. 

Bugunga qadar viloyat bo‘yicha 91 kilometrdan ortiq gaz quvurlari rekonstruksiya qilindi, 1213 kilometri yer osti gaz quvurlarining holati tekshirildi, 600 kilometrga yaqini esa bo‘yoqlandi, 72 tadan ortiq gaz maromlash qurilmalari mukammal ta’mirlandi, 4525 tasida taftish ishlari bajarildi.

Zarif Komilov, O‘zA muxbiri.