French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Hududlarda kredit olishda muammolar bor
17:13 / 2021-04-23

Senat Raisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi raisining O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2020 yildagi faoliyati to‘g‘risidagi hisobotiga munosabat bildirdi.

– O‘tgan yil Markaziy bank va umuman bank-moliya sektori uchun murakkab yil bo‘ldi. Shunga qaramay o‘z vaqtida ko‘rilgan qat’iy choralar tufayli tizim barqarorligi va samaradorligi amalda ta’minlandi. Keskin tebranishlar kuzatilmadi. Biroq bank tizimini butunlay muammolardan xoli deb bo‘lmaydi.

Hududlarda tadbirkorlik loyihalari uchun kredit olish muammoli masalaga aylangan. Masalan, Sirdaryo viloyatida kasb-hunarga o‘qitilgan fuqarolarga imtiyozli kredit ajratish masalalari oxiriga yetkazilmagan.  

Bekobodda o‘tgan yil 37 nafar ayolga tadbirkorlik uchun tavsiyanomalar berilgan bo‘lsa-da, shundan faqatgina 16 nafariga, joriy yil I choragi davomida 68 nafar tavsiyanoma olgan ayoldan 35 nafariga kredit ajratilgan, xolos.

Poytaxtda turli dasturlar doirasida jami ajratilishi rejalashtirilgan 128 milliard so‘mdan 29 milliard so‘m miqdordagi kredit mablag‘lari ajratilmagan.Shaharda tadbirkorlik qilish istagida bo‘lgan 700 nafarga yaqin xotin-qizning qariyb har to‘rt nafardan uch nafari kredit ololmagan. Mirzo Ulug‘bek, Yashnobod, Yangihayot tumanlarida bu ko‘rsatkich o‘rtacha 15 foizga ham yetmaydi.

Ayrim banklar faoliyati umuman talabga javob bermaydi. Hisob palatasi hisobotida keltirilishicha, “Mikrokreditbank” faoliyati aksariyat pozitsiyalar bo‘yicha qoniqarsiz deb topilgan.

Banklardagi qing‘irlik va soxtakorliklarni umuman oqlab bo‘lmaydi. Bosh prokuror hisobotida aytilishicha, “Xalq banki” Oqoltin filiali mansabdorlari tadbirkor xabarisiz uning nomiga nomiga 560 million so‘m kredit rasmiylashtirib, qalbaki hujjatlar asosida o‘zlashtirib yuborgan.

Shu bois, Markaziy bank tizimda qonun ustuvorligini ta’minlashga, kadrlar salohiyatini oshirishga, faoliyatni ochiq va shaffof tashkil qilishga, inson omilini kamaytirishga, sohani raqamlashtirishga yanada ko‘proq e’tibor qaratishi lozim, – dedi Senat Raisi.

 

Nurillo Nasriyev,  O‘zA