French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Hududlarda iste’mol qilinayotgan osh tuzining tarkibida yod miqdori kamligi aniqlandi
12:36 / 2022-06-01

Endokrinologik kasalliklarning oldini olishning ommaviy va eng maqbul usullaridan biri aholini yod preparatlari bilan, jumladan ularning taomnomasida yod mahsulotlari bo‘lishini ta’minlashdir.

Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 26 yanvarda qabul qilingan “Endokrinologiya xizmatini takomillashtirish va ko‘lamini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida muhim vazifalar belgilangan bo‘lib, hujjat ijrosini ta’minlash maqsadida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati mutaxassislari tomonidan respublikamizdagi osh tuzi ishlab chiqaruvchi korxonalarda o‘rganish ishlari olib borilmoqda. 

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida o‘tkazilgan brifingda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati axborot xizmati rahbari Maftuna Saidovaning ta’kidlashicha, bugungi kunda respublikamizda 117 ta yodlangan osh tuzini ishlab chiqarish va qadoqlash  korxonalari faoliyat yuritadi. Shulardan 57 tasi yodlangan osh tuzi ishlab chiqarish korxoanalari va 60 tasi yodlangan osh tuzini qadoqlash sexlaridir.  

2022 yilning hozirgacha bo‘lgan davrida 47 ta yodlangan osh tuzini ishlab chiqarish va qadoqlash korxonalarida o‘rganishlar o‘tkazildi va namunalar laboratoriya tekshiruvi uchun keltirildi. Olib kelingan 11 ta tuz namunasidan 27,2 foizi belgilangan me’yorga javob bermaganligi sababli jami 50,6 tonna ya’ni Toshkent viloti, Zangiota tumani “Pozika Tuz Savdo” MCHJdan 2 tonna, Surxondaryo viloyati, Sherobod tumanidagi  “Chorbog‘ Barakali Tuz” MCHJdan 15,5 tonna, “Ulug‘bek Jovliyev” oilaviy korxonadan 10 tonna va Toshkent shahri, Olmazor tumanidagi “Tatli tuz” MCHJdan 2 tonna, “EKO CRISTAL” MCHJdan 7 tonna va Toshkent shahar Yunusobod tumanidagi “TIGER TRADE” MCHJdan 4,1 tonna osh tuzi realizatsiyasi taqiqlanib, qayta yodlash bo‘yicha korxona rahbarlariga tegishli ko‘rsatmalar berildi. 

O‘rganishlar davomida aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha 7 nafar javobgar shaxslarga nisbatan bayonnomalar rasmiylashtirilib, qonunchilikda beligilangan tartibda ko‘rib chiqish bo‘yicha joylardagi sudlarga hujjatlar taqdim etildi. Yodlangan osh tuzini ishlab chiqarish, sotish va iste’mol qilish sohasida samarali huquqiy va tashkiliy asoslarni qabul qilish muhimdir. Inson salomatligini to‘liq himoya qilish, yod tanqisligi bilan kasallannishni jadallashtiribgina qolmasdan, mamlakat aholisi farovonligini oshirishga yordam beradi. 

Shuningdek, 2021 yil oxirida bir guruh tadqiqotchilar Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari maktab o‘quvchilari o‘rtasida selektiv tadqiqot (peshob va osh tuzidagi yod miqdorini aniqlash) o‘tkazdilar. Natijada Andijon va Farg‘ona viloyatlarida tadqiqot guruhining 30 foizida yod tanqisligi aniqlangan. Iste’mol qilinadigan tuz namnulari tahlili shuni ko‘rsatdiki, hududlarda iste’mol qilinayotgan osh tuzining 10 foizdan 53,3 foizgachasining tarkibida yod miqdori kamligi aniqlandi.  

Mazkur hududlar misolida aytish mumkinki, epidemiologik vaziyatni to‘liq baholash uchun butun respublika bo‘yicha yanada puxtaroq monitoring olib borish va statistik ma’lumotlarni tahlil qilish maqsadga muvofiq.  

Respublikamizda yod tanqisligi kasalliklarini bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlardan ko‘zlangan maqsad aholi salomatligini muhofaza qilishdan iboratdir. 

Mohigul Qosimova, O‘zA