Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Hududlarda gaz iste’moli hisobini raqamlashtirish qanday tashkil etilmoqda?
11:17 / 2026-02-17

Mamlakatimizda aholi va iqtisodiyot tarmoqlarini tabiiy gaz bilan barqaror ta’minlash, tarmoqlarni modernizatsiya qilish hamda iste’mol hisobini raqamlashtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Gaz taqsimlash tizimida yo‘qotishlarni kamaytirish, xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish va mahallalar kesimida aniq hisob-kitob yuritishga qaratilgan yangi yondashuvlar bosqichma-bosqich joriy etilyapti.

“Hududgazta’minot” AJ boshqaruvi raisi Ma’ruf Xo‘jayev rahbarligidagi ishchi guruh Xorazm viloyatida bu borada amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.

Ishchi guruh “Shovot” gaz to‘ldirish shoxobchasi faoliyatini ko‘rib chiqdi. Shoxobchada aholi va tadbirkorlik sub’ektlariga xizmat ko‘rsatish sifati, texnik xavfsizlik talablari, uskunalarning ishlash holati hamda xizmat ko‘rsatish jarayonlarining samaradorligi o‘rganildi.  

Shundan so‘ng mas’ullarga xizmat sifatini yanada oshirish, navbatlarni qisqartirish va iste’molchilar uchun qulay sharoitlar yaratish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Shuningdek, xizmat safari davomida “Do‘stlik” mahallasida tashkil etilgan avtomatlashtirilgan mahalla iste’mol nazorat hisob balansi tizimi doirasida amalga oshirilgan ishlar ham o‘rganildi. Mazkur tizim orqali gaz iste’molini aniq hisobga olish, yo‘qotishlarni kamaytirish va hisob-kitoblarning shaffofligini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar samarasi muhokama qilindi.

Mutasaddilar aholi bilan muloqotni kuchaytirish, mahallalarda raqamli hisob va nazorat tizimlarini bosqichma-bosqich joriy etish, shuningdek, gaz ta’minoti barqarorligini ta’minlash bo‘yicha amaliy choralarni davom ettirish zarurligini alohida ta’kidladi.

Ayni paytda ishchi guruh hududlarda gaz taqsimlash yo‘nalishida olib borilayotgan ishlar yuzasidan o‘rganishlarni davom ettirmoqda.

N.Ziyodullayeva, O‘zA