O‘zbekiston agro axborot innovatsiya markazi mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan bir qator tashkilotlar bilan hududlarda xotin-qizlar uchun yangi ish o‘rinlari yaratish borasida faol ishtirok etmoqda.
Shu jarayonda O‘zbekiston fermer dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi bilan ham qator ishlar bajarilmoqda. “Mamlakatimizning xududlarida xotin qizlar uchun yangi ish o‘rinlarini yaratishda innovatsion yondashuv” loyihasi doirasidagi o‘quv-amaliy seminar ulardan biri.
Navbatdagi seminar Toshkent viloyati Pskent tumanida bo‘lib o‘tdi. Unda o‘z biznesini tashkil etmoqchi bo‘lgan ayollar va yosh tadbirkorlar, jamoatchilik vakillari va hududlarda faoliyat yuritayotgan tajribali mutaxassislar bilan muloqot o‘tkazildi.
Unda xonadonlarda gulchilik hamda bog‘dorchilik ko‘chatlarini yetishtirish, landshaft me’morchiligini rivojlantirishda tajriba maydonlari tashkil etish, ko‘chatlarni parvarishlash agrotexnologiyalari ishlab chiqish, o‘simliklarni oziqlantirish hamda zararkunandalarga qarshi kurashish borasida maslahatlar va tavsiyalar berildi.
Toshkent viloyatining Toshkent tumanida 30 yildan ortiq gulchilik va landshaft me’morchiligi asosida faoliyat yuritayotgan “Zaxriddin Flowers” tashkilotida o‘tkazilgan mahorat darsi esa xotin-qizlarni bu boradagi bilim va malakalarini yanada oshirishda muhim ahamiyat kasb etdi.
Qayd etish kerakki, ayollarni o‘z xonadonlarida qo‘shimcha ish bilan ta’minlanishi, yangi biznesni yo‘lga qo‘yishi albatta, oilaning turmush tarzi yaxshilanishiga, jamiyatimizda ijtimoiy-iqtisodiy barqarorligini ta’minlashga to‘rtki bo‘ladi.
O‘zA