Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Hududlarda AI-80 markali benzin narxlari o‘rganilmoqda (+video)
12:12 / 2022-12-18

Hududlardagi avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalaridagi AI-80 markali benzin narxlarini o‘rganish maqsadida Urgut tumani hokimi Botir Jabborov mahalliy AYOQSHlarga tashrif buyurdi.

Mazkur markali benzin narxlarini kuzatayotib, tadbirkorlarga ba’zi e’tirozlarini ham bildirib o‘tdi: "AI-80 benzin narxini 5700 so‘m deb og‘zaki aytyapsiz. Yozilgan bo‘lishi kerak narxi. Yo‘ldan o‘tayotgan oddiy fuqaro ham narxni ko‘rib kirishi kerak".

Eslatib o‘tamiz, hukumatimiz tomonidan birja savdolariga qo‘yilayotgan AI-80 benzinining kunlik hajmini oshirish, narxning sun’iy oshirilishiga yo‘l qo‘ymaslik borasida izchil choralari davom etmoqda.

<iframe width="956" height="538" src="https://www.youtube.com/embed/OBdCb4U34U8" title="Hududlarda AI-80 markali benzin narxlarini o‘rganilmoqda" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture" allowfullscreen></iframe>

O‘zA