Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Hududlar bo‘ylab “Mobil laboratoriya” ishga tushdi (+video)
10:14 / 2023-11-23

O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi tashabbusi bilan Respublika OITSga qarshi kurashish markazi va “Chegara bilmas shifokorlar” Xalqaro gumanitar tashkiloti bilan hamkorlikda aholi va aholining infeksiya yuqtirish xavfi yuqori bo‘lgan guruhlar o‘rtasida OIV, gepatit S va zaxm(sifilis) kasalliklarini erta aniqlash, davo choralarini erta boshlash va aholining boshqa qatlamlariga tarqalishini oldini olish maqsadida “Mobil laboratoriya” xizmati yo‘lga qo‘yildi.

Tekshiruv natijasida aniqlangan musbat natijali shaxslarni tor doiradagi mutaxassislarga yo‘naltirgan holda davolash-diagnostikaga doir tibbiy xizmatlar amalga oshirib kelinmoqda. 

 “Mobil laboratoriya”ga istagan shaxs murojaat qilib, shaxsini sir saqlagan holda, tibbiy tekshiruvlardan o‘tishi, mobodo tibbiy tekshiruv mobaynida musbat natija aniqlangan taqdirda davolash-diagnostikaga doir tibbiy xizmatlarni olishi mumkin. 

Bunda fuqarolardan hech qanday hujjat talab etilmaydi. Ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlarning barchasi esa mutlaqo bepul amalga oshiriladi. 

Sanepidqo‘mitaninig ma’lumot berishicha, “Mobil laboratoriya” joriy yilning o‘tgan 10 oyi davomida tasdiqlangan rejaga muvofiq Toshkent shaxar va viloyati hududlarida jami 164 ta chiqishlarni amalga oshirgan.

Ushbu chiqishlar davomida jami 5551 nafar fuqarolar (asosan ichki migrantlar) OIV, VGS va sifilis bo‘yicha tibbiy tekshiruvdan o‘tkazilgan. Tekshiruv natijalariga ko‘ra jami 437 nafar shaxslarda (41 nafarida OIV, 302 nafarida VGS va 94 nafarida sifilis) musbat natija qayd etilgan  va ushbu  shaxslarning barchasi bilan navbatdagi diagnostik tekshiruvlar hamda davolash ishlari olib borilishi uchun tegishliligi bo‘yicha yo‘llanmalar berilgan. 

<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/3IEIa37Y3UU?si=uLA2XGlMtGtwnb9F" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>

M.Emshirzayeva, D.Yakubov (video), O‘zA