Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Hududiy trenerlar malaka oshirdi
17:53 / 2023-06-01

Navoiy davlat pedagogika institutida “Muddatidan ilgari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi komissiyalar a’zolarining malakasini oshirishni tashkil etish Kotsepsiyasi” da belgilangan talablar asosida hududiy trenerlar uchun o‘quv-amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

Mashg‘ulotlar davomida ishtirokchilarga “Saylovga oid xalqaro standartlarning muhim talablari”, “Avvalgi saylovlarda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar va ularni oldini olish bo‘yicha vazifalar”, “Uchastka saylov komissiyasining ovoz berish kunidagi faoliyati”, “Saylov uchastkasida ovozlarni sanab chiqish va natijalarni belgilash”, “Saylovda ovoz beruvchi fuqarolarning ro‘yxati bilan ishlash”, “Muddatidan oldin ovoz berishni tashkil etish va o‘tkazish” kabi mavzularda tushunchalar berildi.  

– Ikki kun davom etgan mashg‘ulotlar saylov komissiyalari a’zolarining saylov qonunchiligi va ovoz berishda zamonaviy axborot texnologiyalarini qo‘llash bo‘yicha nazariy bilimlari hamda amaliy ko‘nikmalarini yuksaltirishga qaratildi, – deydi 5-Navoiy okrug saylov komissiyasi raisi o‘rinbosari Normurod Isoqov. – Ekspertlar tomonidan o‘quv rejasiga muvofiq ma’ruza matni, topshiriq savollari, test, taqdimot, infografika, video-darslar ko‘rinishidagi o‘quv-uslubiy materiallar asosida olib borilganligi mashg‘ulotlarning qiziqarli va mavzularni tushunarli bo‘lishini ta’minladi.

Ushbu o‘quv-amaliy mashg‘ulotlarda 40 nafar hududiy trener tayyorlanib, ular tomonidan keyingi bosqichda hududlarda tashkil etilgan uchastka saylov komissiyalari rais, o‘rinbosar va kotiblarining nazariy hamda amaliy ko‘nikmalari oshiriladi.  

A.Bo‘riyev, O‘zA