Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Hududiy saylov komissiyasining yig‘ilishi
18:25 / 2024-10-15

Jizzax viloyat hududiy saylov komissiyasining navbatdagi yig‘ilishida viloyat saylov okruglari va uchastkalarini uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash, birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatuvchi tibbiyot xodimlari va zaruriy dori-darmonlar ajratish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar, shuningdek, siyosiy partiyalar, fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari kuzatuvchilarini ro‘yxatga olish va ularga mandatlar berish kabi masalalar muhokama qilindi.

Birinchi masala yuzasidan “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Jizzax hududiy filiali bosh muhandisi o‘rinbosari Ahmat Karaboyevning viloyatdagi barcha saylov okruglari va uchastkalarini uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha axboroti tinglandi.

Jizzax viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i birinchi o‘rinbosari Xurshid Saidov viloyat saylov okruglari va uchastkalarida zarurat tug‘ilganda birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatuvchi tibbiyot xodimlari va dori-darmonlar ajratish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risida komissiya a’zolariga batafsil ma’lumotlar berdi.

Siyosiy partiyalar, fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari kuzatuvchilarini ro‘yxatga olish va ularga mandatlar berish to‘g‘risidagi uchinchi masala yuzasidan viloyat hududiy saylov komissiyasi kotibi Dilshod O‘ralovning axboroti eshitildi.

Komissiyada ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

A.Qayumov, J.Yorbekov (surat), O‘zA muxbirlari