Hududiy saylov komissiyasida ish qizg‘in
Qashqadaryo viloyati hududiy saylov komissiyasida ish qizg‘in davom etmoqda.
Hududiy saylov komissiyasi a’zolari viloyatdagi tuman, shahar, okrug va uchastka saylov komissiyalari faoliyatini muvofiqlashtirib, barcha darajadagi komissiyalarni, saylovchilar va boshqa ishtirokchilarni zarur axborotlar bilan ta’minlab, ovoz berishda qatnashgan saylovchilar haqidagi ma’lumotlarni tezkor ravishda Markaziy saylov komissiyasiga taqdim etib bormoqda.
[gallery-20043]
Hududiy saylov komissiyasi matbuot markazi tomonidan esa hududdagi saylov jarayonlari tezkorlik bilan yoritilyapti.
O‘lmas Barotov, Jamshid Norqobilov (surat), O‘zA muxbirlari